Huawei 1
Lukashenko ekstremizmda ayblangan 31 mahbusni afv etdi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ekstremistik jinoyatlarda ayblangan 31 kishini afv etish to‘g‘risida qaror qabul qildi, deb xabar qildi payshanba kuni davlat rahbari matbuot xizmati.

“Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ekstremistik jinoyatlarda ayblangan 31 kishini afv etish to‘g‘risida qaror qabul qildi, 2 nafar ayol va 29 nafar erkak afv etildi, 17 nafari surunkali kasallikka chalingan, 3 nafari nogiron, 27 nafar mahkumning farzandi, ulardan 7 nafari ko‘p bolali”, — deyiladi xabarda

Qayd etilishicha, mahkumlar sudlanganligi olib tashlanmagan holda asosiy jazodan ozod etiladi. Shu bilan birga, ularning qonunga itoatkorligi ustidan nazoratni Ichki ishlar vazirligi ta'minlaydi.

Matbuot xizmati avf etilgan shaxslarning ism-shariflarini ochiqlamagan. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110817 | Инструменты