AQSh prezidenti Donald Tramp 18-mart kuni rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan bo‘lib o‘tadigan suhbatda qaysi hududlar Rossiya nazoratida qolishini muhokama qiladi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning yordamchilariga tayanib, The New York Times xabar berdi.
Tramp hududiy masala bo‘yicha Putinni qo‘llab-quvvatlashi mumkin. Bundan tashqari Ukraina Rossiyaning nazoratiga Odessa porti o‘tishi ehtimolidan xavotirda. AQSh prezidenti yordamchilari Rossiya 2014-yilda anneksiya qilingan Qrimni “shubhasiz o‘zida saqlab qolishini”, Ukraina yerlarining taxminan 20 foizi uning nazoratida saqlashini taxmin qilgan.
Trampning o‘zi bu masala bo‘yicha muhokamalar tafsilotlarini va uni hal qilish bo‘yicha keyingi rejalarni oshkor qilmagan. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning yordamchilari fevral oyida Tramp boshqa ba’zi hududlar, jumladan, muhim Odessa portiga nisbatan “Putinning istaklarini” qondirishi mumkinligidan xavotirda ekanliklarini bildirgan. The New York Times Ukraina vakillarining bunday xavotirlari nimaga asoslanganiga aniqlik kiritmagan.
13-mart kuni Moskvada Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazgan AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff tomonlar Qora dengizdagi “portlarga kirish” bo‘yicha ehtimoliy kelishuvni muhokama qilganini aytgandi.
Tramp va Putinning telefon orqali muloqoti 18-martga belgilangan. AQSh prezidentiga ko‘ra, ular “yer va elektr stansiyalari haqida gapiradi”. Tramp Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuvining “ko‘plab elementlari” allaqachon kelishilgani, “lekin hali qilinadigan ishlar ko‘p” ekanini qayd etgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31901 | Инструменты