Huawei 1
Olaf Shols Rossiya qanday shartda Ukraina bo‘yicha konferensiyada ishtirok etishini aytdi

Germaniya kansleri Olaf Shols Rossiyaning Ukraina bo‘yicha ehtimoliy tinchlik konferensiyasida ishtirok etishi shartlarini ilgari surdi. Germaniya Sotsial-demokratik partiyasining 9 sentabr, dushanba kuni kechqurun bo‘lib o‘tgan tadbirida u tajovuzkor davlatga qarshi mudofaa harakatlari uchun Ukrainaga zarur harbiy yordam berishdan tashqari, "hozirgi harbiy vaziyatdan chiqish yo‘lini topishni ko‘rib chiqishi kerakligini ta’kidladi", deya xabar beradi Reuters agentligi. 

Shols, Ukraina rahbariyati kabi, Rossiya ham ishtirok etishi kerak bo‘lgan yana bir tinchlik konferensiyasini o‘tkazishni xohlashini ta’kidladi. Shu bilan birga, u Rossiya prezidenti Vladimir Putin «hujumni davom ettirish»ga qaror qilsa, «bu ish bermasligini» ta’kidladi. 

"O‘ylaymanki, bunday vaziyatda bizga siyosatda doimo muhim bo‘lgan narsa: aniqlik, qat’iylik va xarakter kerak, Yevropada tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash istagi kerak", — deya yakunladi kansler tadbirdagi nutqida. 

Shols - Ukrainada tinchlik jarayoniga o‘tishni tezlashtirish tarafdori 

Germaniya kansleri Olaf Shols Ukrainada tinchlik jarayoniga o‘tish jarayonini tezlashtirish tarafdori ekanini aytdi. Vazirlar mahkamasi rahbari bu pozitsiyani ZDF nashriga yozgi katta intervyusida aytib o‘tdi, undan parchalarni kanal 8 sentabr kuni o‘z veb-saytiga joylashtirdi.

"O‘ylaymanki, hozir qanday qilib biz bu harbiy vaziyatdan tezda chiqib, tinchlikka erishishimiz mumkinligini muhokama qilish vaqti keldi", deb ta’kidladi Germaniya hukumati rahbari.

Shols Rossiyaning ikkinchi «tinchlik sammiti»da ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlaydi. Uning birinchisi iyun oyida Shveytsariyaning Byurgenshtok kurortida bo‘lib o‘tdi. Kansler so‘zlariga ko‘ra, Moskvaning hozir bo‘lishi zarurligi masalasida Berlin Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy pozitsiyasiga qo‘shiladi. 

"Albatta, yana bir tinchlik konferensiyasi bo‘ladi", dedi u, ammo aniq sanalarni ko‘rsatmadi.

Germaniya vazirlar mahkamasi rahbari Zelenskiy bilan maxfiy suhbatlashganini aytdi. U bilan yaxshi munosabatlar bor, deb ta’kidladi Shols.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91713 | Инструменты