2014 yildan beri dunyoda chuchuk suv zaxiralari keskin kamaydi, deyiladi xalqaro olimlar guruhi hisobotida.
Tadqiqotchilar 2015 yildan 2023 yilgacha bo‘lgan orbital kuzatuv ma’lumotlarini tahlil qilishdi. NASA sun’iy yo‘ldoshlari tomonidan to‘plangan ma’lumotlar shuni ko‘rsatdiki, chuchuk suv, jumladan, daryolar, ko‘llar va yer osti buloqlari 2002-2014 yillardagidan 1200 kub kilometrga kam.
Olimlarning fikricha, global chuchuk suv zaxiralarining qisqarishi Braziliyada keng tarqalgan qurg‘oqchilikdan boshlangan, so‘ngra Osiyo, Avstraliya, Janubiy Amerika, Shimoliy Amerika, Yevropa va Afrikada bir qator katta qurg‘oqchiliklar kuzatilgan.
Qayd etilishicha, tropik Tinch okeanida suv haroratining ko‘tarilishi atmosfera reaktiv oqimlarining o‘zgarishiga sabab bo‘lgan, buning oqibatida butun dunyo bo‘ylab yog‘ingarchilik shakllari o‘zgargan – ular endi toza suv zaxiralarini to‘ldirish uchun yetarli emas.
Olimlarning ta’kidlashicha, kuchli yog‘ingarchiliklar orasidagi uzoq tanaffuslar tuproqning qurib, qattiqlashishiga olib keladi. Bu yog‘ingarchilik paytida yerga so‘riladigan suv miqdorini kamaytiradi.
Ta’kidlanishicha, global isish Yerdagi chuchuk suvning yanada kamayishiga sabab bo‘ladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111817 | Инструменты