Britaniyadagi Kil universiteti olimlari 50 yoshdan kichik bo‘lgan insonlarda kriptogen insultlar — noma’lum kelib chiqishga ega insultlar sababini aniqladi. Tadqiqot natijasi Neurology Open Access jurnalida chop etildi.
Kriptogen insultlar tibbiyot xodimlari uchun sirligicha qolmoqda: qon tomirlarining berkilib qolish sababi noma’lum. Holsizlik, nutq va ko‘rishda muammolar — kasallikning belgilari bo‘lib, u o‘lim bilan yakunlanishi mumkin.
Olimlar o‘tkazgan tajribada 18-49 yosh oralig‘idagi 546 kishi ishtirok etgan — insultga chalinganlar va sog‘lom odamlar. Tahlillar natijasi tamaki chekish insultning asosiy xavf omili ekanini ko‘rsatgan. Guruhdagi insultni boshdan o‘tkazganlarning 33 foizini chekuvchilar tashkil etgan.
Xavf omillari (spirtli ichimliklar iste’mol qilish, qon bosimi va ta’lim darajasi) inobatga olinganida tamaki chekuvchilarda insultga chalinish ehtimoli ikki barobar ko‘p ekani ma’lum bo‘ldi. Erkaklar orasida xavf uch baravar, 45-49 yoshdagi odamlarda esa deyarli to‘rt baravar oshishi aniqlandi. Yiliga 20 qutidan ortiq tamaki chekadiganlarda insult xavfi 4-7 barobarga yuqori.
Olimlar insult holatlarini kamaytirish uchun chekishga qarshi kurashish bo‘yicha choralarni kuchaytirishga chaqirdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22419 | Инструменты