Polsha markazidagi Otvosk shahrida joylashgan boshlang‘ich maktab hududidan Ikkinchi jahon urushi davrida portlamay qolgan bomba topildi. Binodagi barcha odamlar shu zahoti evakuatsiya qilingan. Bu haqda “TASS” agentligi xabar berdi.
Unga ko‘ra, bomba mahalliy vaqt bilan soat 11:00 atrofida maktabdagi yer uchastkasida ishlayotgan ishchilar tomonidan topilgan.
“O‘sha vaqtda maktab binosida 355 nafar o‘quvchi va xodimlar bo‘lgan. Ularning barchasi evakuatsiya qilinib, voqea joyiga sapyorlar yetib kelgan”, dedi mahalliy politsiya matbuot kotibi Patrik Domaretskiy.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122117 | Инструменты