Huawei 1
Putin Dneprga "Oreshnik" ballistik raketasi yordamida zarba berilganini ma’lum qildi

Rossiya 21-noyabr kuni o‘zining o‘rta masofali “Oreshnik” raketasini Ukrainadagi obyektga qarata uchirdi.  Bu haqda u 21 noyabr kuni e’lon qilingan murojaatida ta’kidlab o‘tdi.

Putin Rossiya o‘zini mamlakat hududiga qarata qurol ishlatayotgan davlatlarning harbiy obyektlariga qarshi qurol ishlatishga haqli deb hisoblashini aytdi.

“Rossiya qurolli kuchlari 21-noyabr kuni Ukraina harbiy-sanoat majmuasi obyektlaridan biriga hujum uyushtirdi. Rossiyaning eng yangi o‘rta masofali raketa tizimlaridan biri ham jangovar sharoitlarda sinovdan o‘tkazildi. Ushbu holatda, yadroviy bo‘lmagan gipertovushli jihozlangan ballistik raketadan foydalanildi”, deydi Putin.

Shuningdek, Rossiya prezidentining ta’kidlashicha, "Oreshnik" raketalariga qarshi turadigan vositalar hozirda mavjud emas. "Raketalar 10 max tezlikda nishonga zarba beradi, bu soniyasiga 2,5-3 kilometr degani. Dunyoda mavjud zamonaviy havo hujumidan mudofaa vositalari va amerikaliklar Yevropada yaratayotgan raketalarga qarshi mudofaa tizimlari bu turdagi raketalarni tutib qola olmaydi", — deydi Putin.

RF prezidentining ma’lum qilishicha, Rossiya ushbu sinovni Ukraina Qurolli kuchlari (UQK) 19 va 21 noyabr kunlari Bryansk hamda Kursk oblastlaridagi nishonlarga ATACMS hamda Storm Shadow raketalari yordamida uyushtirilgan hujumga javob tariqasida amalga oshirgan. Putinning aytishicha, UQK hujumi vaqtida Kursk oblastidagi qo‘mondonlik punktidagilar orasida halok bo‘lgan va yaralanganlar bor, Bryansk oblastiga hujumda esa hech kim jarohatlanmagan.

Putin "Oreshnik"ning qo‘llanishini AQSh o‘rta va kichik masofaga mo‘ljallangan raketalarni ishlab chiqarish hamda joylashtirishni rejalashtirayotganiga javob deb atadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112217 | Инструменты