Huawei 1
Qirg‘izistonda dinni uyma-uy yurib targ‘ib qilish taqiqlanishi mumkin

Qirg‘izistonda Jogorku Kenesh majlisida “Diniy e’tiqod erkinligi va diniy uyushmalar to‘g‘risida”gi hamda “Diniy sohaga oid ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihalarini birinchi o‘qishda ma’qullandi.

Hujjatlar haqida Din ishlari bo‘yicha davlat komissiyasi direktori Azamat Yusupov ma’lumot berdi.

Qonun loyihalarining maqsadi diniy sohada davlat siyosatining izchilligini ta’minlash va qonunchilik bazasini takomillashtirishdan iborat.

“Diniy e’tiqod erkinligi va diniy uyushmalar to‘g‘risida”gi qonun loyihasi bilan xorijda diniy ta’lim olish jarayonini tartibga solish taklif etilmoqda. Chet elda buzg‘unchi diniy ta’limning oldini olish va uning ta’siriga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, statistik ma’lumotlarni yuritish maqsadida xorijda diniy ta’lim olishni istagan shaxslar o‘z safarlarini Davlat din qo‘mitasi va diniy tashkilotning markaziy boshqaruv organi bilan kelishib olishlari shart.

Qonun loyihasi diniy obyektlarni, diniy xayriya jamg‘armalarini hisobga olish ro‘yxatidan o‘tkazishni (qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni) huquqiy jihatdan tartibga solishga va diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organlari tushunchasini kiritishga qaratilgan.

Shuningdek, dinni targ‘ib qilish yoki majburlash maqsadida uyma-uy yurishni taqiqlash taklif etilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121516 | Инструменты