“O‘zenergoinspeksiya” Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi, viloyat prokuraturasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departament viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda neft mahsulotlarini yetkazib berish va ularni sotuvga chiqarilishi yuzasidan AYOQSHlarda nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Xususan, Farg‘ona tumanida joylashgan “V.H.O."MChJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasiga ta’minotchi omboridan olib kelingan 3,7 tonna Ai-80 markali avtobenzin AYOQSH orqali sotilmasdan, ulgurchi sotib yuborilganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYOQShlar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121516 | Инструменты