Huawei 1
Qodirovning o‘g‘li Checheniston oliy mukofoti bilan taqdirlandi

Checheniston Respublikasining oliy mukofoti – Qodirov ordeni viloyat rahbari qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i Adam Qodirovga topshirildi. Bu haqda Milliy siyosat, tashqi aloqalar, matbuot va axborot vaziri Axmed Dudayev ma'lum qildi.

“Men Checheniston Respublikasi rahbarining xavfsizlik bo‘limi boshlig‘i, aziz birodarimiz Adam Qodirovni Checheniston Respublikasining oliy mukofoti – Qodirov ordeni bilan taqdirlangani bilan samimiy tabriklayman”, — deb yozdi u Telegram-kanalida.

U Checheniston rahbarining o‘g‘lini o‘zining shonli oilasini munosib namoyon etayotgan Vatanning haqiqiy vatanparvari deb atadi. “Ushbu yuksak mukofot uning fidoyiligi va yuksak maqsadlar sari doimo intilishi ramzi bo‘lsin”, — deya qo‘shimcha qildi u.

2023-yilning noyabridan Adam Qodirov Checheniston Respublikasi rahbarining xavfsizlik xizmati rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi. Bundan tashqari, u Rossiya Mudofaa vazirligi tarkibida Shayx Mansur batalyoniga va Rossiya gvardiyasi tarkibida Baysangur Benoyevskiy batalyoniga rahbarlik qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91317 | Инструменты