Qozog‘istonda ikki kishi terrorizmni targ‘ib qilgani uchun yetti yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Qozog‘istonning Milliy xavfsizlik qo‘mitasi (MXQ) xabar berdi.
Qayd etilishicha, birinchi holatni sodir etgan shaxs Taroz shahri atrofidagi odamlar orasida xorijda terrorchilar tomonda jang qilishga chaqirgan va o‘zi ham ularga qo‘shilishni rejalashtirgan. Taroz shahar sudi uni terrorizmni targ‘ib qilish (Jinoiy kodeksning 256-moddasi), diniy adovatni qo‘zg‘atish (Jinoiy kodeksning 174-moddasi) bo‘yicha aybdor deb topdi va 7 yilga ozodlikdan mahrum qilishga hukm qildi.
Ikkinchi hukm qilingan shaxs Olmota shahridan bo‘lib, u ko‘plab jinoiy ishlar bo‘yicha sudlangani ta’kidlangan. U internetda radikal g‘oyalarni targ‘ib qilgan. Olmota shahar sudi uning terrorizmni targ‘ib qilish (Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 256-moddasi), narkotik moddalar bilan noqonuniy muomala qilish (Jinoyat kodeksining 296-moddasi) bo‘yicha aybdor deb topdi va uni yetti yil bir oyga ozodlikdan mahrum qilishga hukm qildi.
Ma’lumot uchun, 2024 yil boshidan beri Qozog‘istonda terroristik va ekstremistik faoliyat uchun 84 kishi sudlangan.
“Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi terrorchilik faoliyatiga aloqador shaxslarni aniqlash va qo‘lga olish bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlarini davom ettirmoqda”, deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10617 | Инструменты