Huawei 1
Rossiya prezidetiga ramziy BRIKS kupyurasi sovg‘a qilindi

Qozonda bo‘lib o‘tayotgan BRIKS sammiti chog‘ida Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ramziy BRIKS banknotasi sovg‘a qilindi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

Kupyura Rossiya prezidentiga kengaytirilgan tarkibda o‘tkazilgan yig‘ilishidan so‘ng ko‘rsatilgan. Putin qo‘lida banknot bilan zalni tark etgan, so‘ngra uni vazirlarga tabassum bilan namoyish qilgan. Shundan so‘ng Rossiya prezidenti kupyurani Markaziy bank rahbari Elvira Nabiullinaga uzatgan.


“Banknot Nabiullinaga yoqmadi”, deydi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Ramziy pulni Savdo-sanoat palatasi bosib chiqargan bo‘lishi mumkin. Peskov banknotni “kvazipul” deb atagan. Prezident matbuot kotibining tushuntirishicha, u BRIKSga a’zo mamlakatlar olib borayotgan hamkorlikning ramzidir. Kupyurada BRIKS ramzlari, unga a’zo davlatlarning bayroqlari tasvirlangan. Nominali — 100 million.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102414 | Инструменты