Huawei 1
Rossiya qamoqxonasida tunnel qazib qochgan o‘zbekistonliklarga hukm o‘qildi

Rossiyaning Lipesk shahri sudi 2024 yil oktyabr oyida koloniyadan 30 metrlik tunnel qazgan va qochishga muvaffaq bo‘lgan olti nafar mahbusga hukm o‘qidi.

Qochqinlar Rossiya Jinoyat kodeksining 313-moddasi («Bir guruh shaxslar tomonidan hibsxonadan qochish») bo‘yicha aybdor deb topilib, 4,5 yildan 12,5 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Sud qarorida aytilishicha, Lipeskdagi 2-son umumiy rejimli koloniyada jazo o‘tayotgan mahkumlar ikki oy davomida quvur, belkurak va kesish diski bo‘laklaridan foydalanib, tunnel qazigan. Uzunligi 30 metrdan ortiq bo‘lgan tunnel koloniya panjarasi ostidan o‘tgan. 2024 yil 25 oktyabr kuni mahbuslar – besh nafar o‘zbekistonlik va bir nafar tojikistonlik tunnel orqali qochib ketgan.

Besh mahbus zudlik bilan hibsga olingan, oltinchisi 6 noyabr kuni Tambov viloyatida topilgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72606 | Инструменты