Huawei 1
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Isroilning Livanga bergan keng ko‘lamli zarbalarini qoraladi

Rossiya Livandagi Isroil tomonidan harbiy harakatlarni zudlik bilan to‘xtatishga chaqiradi, dedi TIV matbuot kotibi Mariya Zaxarova. U, shuningdek, departamentning “Yaqin Sharqning keng miqyosli qurolli mojaroga kirib ketishining” oldini olish uchun xalqaro va mintaqaviy hamkorlar bilan muvofiqlashtirishga tayyorligini maʼlum qildi.

“Biz Livanga qarshi amalga oshirilayotgan keng koʻlamli harbiy hujumlarni keskin qoralaymiz. Biz, ayniqsa, tinch aholini nishonga olgan beg‘araz hujumlarga qat’iy ravishda yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi haqidagi prinsipial pozitsiyamizni alohida ta’kidlamoqchimiz”, — deyiladi Zaxarovaning departament veb-saytida e’lon qilingan sharhida.

23-sentabr oqshomida Isroil mudofaa kuchlari Livanda “Shimolning o‘qlari” operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi. Isroil o'z maqsadini Livan "Hizbulloh" harakatining harbiy infratuzilma obyektlarini yo'q qilish deb atagan. Bugun, 24-sentabr kuni Isroil Livan hududiga hujum qilishni davom ettirdi. Livan Sogʻliqni saqlash vazirligining soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, 558 kishi halok boʻlgan, 1,8 mingdan ortiq kishi jarohatlangan.

Mojaro 17-18-sentabr kunlari Livanda peyjerlar va boshqa aloqa moslamalarining ketma-ket portlashi ortidan avj oldi. Portlashlar natijasida 30 kishi halok bo'ldi, 3 mingga yaqin kishi jarohat oldi. "Hizbulloh" voqeada Isroilni aybladi. Isroil prezidenti Isaak Gertsogning aytishicha, uning mamlakati Livandagi operatsiyada ishtirok etmagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92419 | Инструменты