Huawei 1
Rossiyada o‘zbekistonlik ayol chaqaloq o‘limida ayblandi

Moskva tuman sudi yangi tug‘ilgan chaqaloqning o‘limida ayblangan 24 yoshli o‘zbekistonlik enagani hibsga oldi. Bu haqda “78.ru” xabar berdi.

Sudlanuvchi ikki oyga — 16 dekabrgacha qamoqqa olingan. Majlis yopiq tarzda o‘tkazilgan. Sudlanuvchi rus tilini yaxshi bilmasligi sababli butun majlis davomida unga tarjimon yordam bergan. Ayolning o‘zi ham turmushga chiqqan, bir yarim yoshli bolani tarbiyalamoqda. Ilgari sudlanmagan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 15-oktyabr kuni ota-ona olti oylik o‘g‘lini Lensovet ko‘chasidagi xonadonida enagaga qoldirgan. Cho‘miltirish paytida enaga chaqaloqni tushirib yuborgan va bola boshi bilan vannaga urilgan. Enaga tez tibbiy yordam chaqirgan, ammo shifokorlar klinik o‘lim holatida shifoxonaga keltirilgan bolani qutqara olmagan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, fojia bosh qismining to‘mtoq jarohati va bosh suyagi sinishidan kelib chiqqan.

Dastlab, enaga bolaning harorati ko‘tarilganida unga “Nurofen” bergani, shundan so‘ng chaqaloqda tutqanoq boshlanib, hushidan ketganini aytgan.

Tergov-surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102110 | Инструменты