Huawei 1
Eng ifloslangan, eng xavfli, eng quruq: Sayyoradagi eng og'ir muhitga ega bo'lgan 9 ta joy nomlari ma'lum bo'ldi

Yer yuzida ko’plab turli xil sharoitlarga ega joylar mavjud. Ammo ba’zi odamlar eng og’ir iqlim sharoitida yashashni afzal ko’rishadi. Masalan, dunyodagi eng sovuq yoki eng xavfli joyda.

Yer yuzining ko’p joylarida odamlar tirikchilik qilish uchun yoki shunchaki oilasi uzoq vaqtdan beri shu yerda yashagani uchun sovuq, issiq, qurg’oqchilik va boshqa xavf-xatarlarga dosh berishga tayyor bo’ladi.

Quyida, dunyodagi eng og’ir muhitga ega bo’lgan 9 ta joy ro’yxati keltirilgan:

Eng issiq joy: Aravon, Mali. Aravon cho'l bilan o'ralgan va unga doimo qum bo'ronlari tushadi. Bu qishloqda yomg'ir yog'maydi, aholisi 300 ga yaqin. Aravon tuz qazib olish va tashishda muhim transport markazi bo'lib xizmat qiladi.

Eng sovuq joy: Oymyakon, Saxa Respublikasi, Rossiya. Bu qishloq Yakutskdan ikki kunlik masofada joylashgan. Hududda atigi  500 nafar aholi istiqomat qiladi. Qishda bu yerdagi o’rtacha harorat Selsiy bo’yicha -50 daraja, kun esa atigi uch soat davom etadi. Yozda esa harorat +34 darajaga yetishi mumkin. Mahalliy aholisi xom baliq iste’mol qilish bilan kun ko'radi.

Eng quruq joy: Arika, Atakama cho’li, Chili. Bu cho’lning ba’zi joylarida 500 yildan beri yomg’ir yog’magan. Arika shahri esa sayyoradagi eng qurg’oqchil shahar hisoblanadi. Yiliga o’rtacha 0,761 mm yog’in tushadi. Shunga qaramay, shahar aholisining soni 220 ming kishidan oshadi.

Eng ifloslangan joy: La Oroya, Peru. Ushbu hududda 25 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Bu yerda havoda mishyak, qo’rg’oshin va oltingugurt dioksidi xavfli darajada ko’p, yaqin atrofda esa kislotali yomg’ir o’simliklarni yo’q qiladi. La Oroyada Doe Run Peru kompaniyasiga tegishli eritish zavodi joylashgan. Bu zavodda kumush, oltin, kadmiy, vismut va boshqa metallar ishlab chiqariladi.

Eng xavfli joy: Vanuatu, Janubiy Tinch okeani. Bu yerdagi aholi halokatli faol vulqonlar, shuningdek, sunami va zilzilalarga ko’p guvoh bo’ladi. Sun’iy yo’ldosh ma’lumotlariga ko’ra, Vanuatu atrofidagi dengiz sathi 1993-yildan beri yiliga taxminan 6 mm ga ko’tarilgan, 2030-yilga kelib mutaxassislar bu yerda o’rtacha harorat 1 daraja Selsiyga oshishini kutmoqda.

Eng izolyatsiyalangan joy: Tristan-de-Cunya, Janubiy Atlantika. Ushbu orollarda 246 kishi istiqomat qiladi. U yerga faqatgina qayiq orqali borish mumkin, yo’lga esa 6 kun vaqt ketadi.

Aholisi eng zich joy: Manila, Filippin. Bir kvadrat metrga aholi zichligi juda yuqori - 42 857 kishini tashkil qiladi. Bundan tashqari, bu shaharda ifloslanish, yo’llardagi transport, uy-joy bilan bog’liq muammolar ko'p uchraydi.

Eng nam joy: Mausinram, Hindiston. Mausinram o’rtacha yog’ingarchilik eng ko’p bo’lgan joy sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. Shu bilan birga, unga qo’shni bo’lgan Cherapunji shahri kalendar oyiga va yiliga yog’ingarchilik miqdori bo’yicha yetakchilik qiladi.

Eng baland joy: La Rinkonada, Peru. Ananeya tog’ining tepasida 50 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Hududning dengiz sathidan 5100 metr balandlikda joylashgan. Hamma gap - bu yerga yaqin atrofdagi tog’larda oltin konlari mavjudligida.

Eslatib o'tamiz, avvalroq dunyodagi eng xavfli shaharlar nomi e'lon qilingani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20514 | Инструменты