“Shamollarda qolgan hislarim” filmi irqchilik namunasi deb topildi
Amerika fuqarolik urushi davrining unutilmas "Shamollarda qolgan hislarim" nomli muhabbat romani shu kunlarda avj olayotgan irqchilikka qarshi namoyishlar sabab ekranlardan olib tashlandi.
Birinchilardan bo’lib HBO Max platformasi o’zining kataloglaridan bu filmni olib tashladi.
Ushbu telekanalni boshqaruvchi "AT&T WarnerMedia" kompaniyasi filmni o'z davrining sermaxsul ijodi asari bo’lganini va shu bilan birga filmda xaqiqatdan ham o’sha paytlarda odatiy holat bo’lgan irqchilik ko’rsatilganini aytdi.
24 soatdan kamroq vaqt ichida esa asarning DVD ko’rinishdagi nusxasi Amazon platformasida sotuvga chiqdi.
Kaliforniya universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti dekani Darnell Hantning fikriga ko’ra, ushbu film tarixiy ahamiyatga egadir va u "Oskar" mukofotini shunchaki qo’lga kiritmagan, u kinematik me'yorlar bo'yicha ajoyib filmdir. Boshqa tomondan, film plantatsiyalarda qullarni ishlatishni ma’qul ko’radigan oq tanlilarni, afro-amerikaliklar haqidagi barqaror stereotiplarni ommalashtiradigan Amerika tarixidagi davrni ko’rsatib bergan asardir.
Filmda xizmatkor obrazini yaratgan aktrisa Hetti Mc.Daniel Oskarni qo’lga kiritgan birinchi afro-amerikalik ayol bo'ldi. Ammo Oskar taqdimoti marosimida unga tadbirning eng chekkasidan joy berishgan, film premyerasiga esa uni xatto kiritishmagan.
Ushbu tarixiy film jami sakkizta Oskar va yana ikkita faxriy mukofot bilan taqdirlangan. Dunyoning birinchi to'liq metrajli rangli filmlaridan biri bo’lgan bu asar 1939 yil 15 dekabrda ekranlarda namoyish etilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21212 | Инструменты