Huawei 1
Suriya poytaxtida ketma-ket portlashlar yuz berdi

Isroil 1-oktabr, seshanbaga o‘tar kechasi Suriya poytaxti Damashqqa havo hujumlarini amalga oshirdi, deb xabar bermoqda mahalliy OAV.

“Bizning havo hujumidan mudofaa tizimlarimiz uchinchi bor dushman nishonlariga zarba berdi”, — deyiladi SANA xabarida.

Boshqa bir xabarda, SANA harbiy manbalarga tayanib, Isroil poytaxtga ertalab soat 2:05 da jangovar samolyotlar va dronlar yordamida hujum uyushtirganini da'vo qildi.

“Bizning havo hujumidan mudofaa tizimlarimiz raketa va dronlarning ko‘p qismini urib tushirdi. Hujum natijasida 3 nafar tinch aholi vakili halok bo‘ldi, 9 kishi yaralandi, shuningdek, moddiy zarar yetkazildi”, — deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, rejimga yaqin media tuzilmasi Suriya davlat televideniyesi boshlovchisi Safo Ahmadning Isroil hujumlari natijasida halok bo‘lgani haqida xabar berdi.

Sham FM'dan olingan ma'lumotga ko'ra, hujum natijasida Mezze hududida yong'in chiqqan.

Isroil rasmiylari hujumlar haqida hozircha izoh bermagan.

Mezze tumanida Eronning Damashqdagi elchixonasi joylashgan. Avvalroq, 1 aprel kuni Isroil Eronning Damashqdagi konsulligiga ham hujum qilib, 7 nafar Eron rasmiysi, jumladan Eron Inqilobiy Gvardiyasi korpusining 2 nafar generali halok bo‘lgan edi.

Rejimga yaqin ijtimoiy tarmoqlar ham Isroil havo kuchlarining kecha Damashq janubidagi Asad qishlog’i hamda Qudsaya va Dimas chekkalaridagi ba’zi harbiy nishonlarga hujum qilganini da’vo qildi.

Ma’lumki, Suriya armiyasi ham, Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan terrorchi guruhlar ham, Livanning “Hizbulloh” kuchlari ham Damashq va uning atrofida joylashgan.

2011 yilda Suriyada fuqarolar urushi boshlanganidan beri Isroil Eron guruhlari va Suriya armiyasiga aloqador harbiy pozitsiyalarga vaqti-vaqti bilan hujumlar uyushtirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100116 | Инструменты