Huawei 1
1-oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

Agrar universiteti hududida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.

"Siz bo‘lajak qahramonlarni tarbiyalaysiz" - Saida Mirziyoyeva barcha taʼlim xodimlarini tabrikladi

"Ishontirib aytamanki, mehnatingizni yengillatish, turmushingizni yanada farovon qilish hamda o‘qituvchi obro‘-nufuzini eng yuksak maqomga olib chiqish yo‘lida qo‘limizdan kelgan hamma ishni qilmoqdamiz. Siz shunga munosibsiz!", - deya yozgan Prezident yordamchisi.

Murodjon Ahmadaliyev: Inoue, seni nokaut qilaman!

Ikkinchi eng yengil vazn toifasida sobiq WBA va IBF yo‘nalishlari chempioni Murodjon Ahmadaliyev yana bir bor ehtimoliy raqibi Naoya Inouega murojaat qildi.

O'zbekistonda uch yilda 2 mingdan ortiq fuqaro ota-onalik huquqidan mahrum qilindi

Ombudsmanning so‘zlariga ko‘ra, ota-onalikdan mahrum qilinish holatining eng ko‘pi ularning jinoyatlar sodir etishi yoki bolaga nisbatan ota-onalik majburiyatini bajara olmaganlik, shuningdek, kasalliklar bilan bog‘liq.

Toshkentda xonadonida 38 kg giyohvandlik vositasini saqlab kelgan shaxs ushlandi

Holat yuzasidan jinoyat ishini qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Zakovat”ning respublika final bosqichi g‘oliblari aniqlandi

Poytaxtdagi “Zakovat arenasi”da “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mahallalardagi yoshlar o‘rtasida tashkil etilgan musobaqaning final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

AQSHga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

JCH-2026 saralashi: O‘zbekiston Eron va BAAga qarshi o‘yinlar uchun tarkibini eʼlon qildi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes JCH-2026 3-saralash bosqichidan o‘rin olgan Eron va BAA terma jamoalariga qarshi o‘yin uchun futbolchilar ro‘yxatini eʼlon qildi.

Toshkentda ichida haydovchisi bo‘lgan “Jiguli” yonib ketdi

Hozirda holat yuzasidan Qibray tumani FVB YOXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

O'zbekiston viloyatlari va Xitoyning Guansi-Chjuan avtonom rayoni o'rtasida hududlararo aloqalar yo'lga qo'yiladi

O'zbekistonning Guanchjou shahridagi Bosh konsulxonasi diplomatlari hududlararo hamkorlikni kengaytirish va mamlakatimiz investitsiya, eksport va turizm salohiyatini keng targ'ib qilish maqsadida amaliy safar Xitoyning Guansi-Chjuan avtonom rayonida bo'ldilar.

Ukrainada qariyb 77 ming o‘zbekistonlik o‘qiyotgani maʼlum qilindi

Xorijiy davlatlarda tahsil olayotgan O‘zbekistonlik talabalar soni bir yil ichida qariyb 24 ming nafarga oshgan.

FIDE oktyabr uchun shaxmatchilar reytingini e‘lon qildi

Ushbu yangilangan jahon reytingida kuchli 100 likdan 5 nafar o‘zbekistonlik grossmeyster o‘rin oldi.

Toshkentda o‘zini treyder deb tanishtirib, o‘zganing 7 mln so‘mini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100118 | Инструменты