Huawei 1
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan

Suriya prezidenti Bashar Asad hukmronligi davrida mamlakat maxsus xizmatlari sakkiz millionga yaqin odam ustidan kuzatuv olib borgan, qidirgan yoki ma’lumotlar yig‘gan, deb xabar berdi 25 may, yakshanba kuni yangi hukumat ichki ishlar vazirligi.

«Gap maxsus xizmatlar va boshqa idoralar ma’lumotga ega bo‘lgan Suriya xalqining deyarli uchdan bir qismi haqida ketmoqda», — deya idora vakilining so‘zlaridan iqtibos keltiradi dpa agentligi. Unga ko‘ra, sakkiz milliondan ortiq odam siyosiy sabablarga ko‘ra maxsus xizmatlarning kuzatuviga tushgan. Bu ko‘pincha «terrorizmda» ayblangan, hibsga olingan, qamoqqa tashlangan yoki kuzatuv ostida bo‘lgan namoyishchilar va rejim muxoliflariga tegishli.

Ko‘p odamlar nazorat ostida bo‘lganliklarini faqat nazorat-o‘tkazish punktlarida qo‘lga olinganda yoki mamlakatni tark etishga uringanlarida bilgan, dedi Suriya hukumati rasmiysi.

2024 yil oxirida Suriyadagi muxolifatning «Hay’at Tahrir ash-Shom» (Hsh) boshchiligidagi qurolli kuchlari mamlakatning yirik shaharlarini, jumladan, poytaxt Damashqni ham egallab, diktator Bashar Asad rejimini ag‘darishga muvaffaq bo‘ldi. U otasi bilan Suriyani yarim asrdan ortiq boshqargan. Asadning o‘zi va oilasi Rossiyaga qochib ketdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61606 | Инструменты