Huawei 1
Telegram kompaniyasi Durov qo‘lga olingan taqdirda oldindan harakat rejasini ishlab chiqqan

Telegram kompaniyasi o‘z asoschisi Pavel Durov hibsga olinishi holati bo‘yicha oldindan harakat rejasini ishlab chiqqan. Bu haqda messenjer bosh direktori jurnalist Taker Karlsonga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

Durov tomonidan kelishilgan reja kutilmagan vaziyatlarda kompaniyaning ishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bir qator qadamlarni o‘z ichiga oladi. Messenjer asoschisining o‘zi turli davlatlar maxsus xizmatlari tomonidan bosimni his qilgani uchun hibsga olinish xavfini tushunishini aytgan.

Ushbu strategiyaga ko‘ra, 24-avgust kuni Parij aeroportida Pavel Durov qo‘lga olingandan so‘ng, Telegram ishlab chiquvchilar kengashi boshqaruvni o‘z zimmasiga olishi va ertasi kuni ertalab xizmatning uzluksiz ishlashini ta’minlashi kerak bo‘ladi. 

Durovning o‘ng qo‘li Dmitriy Butkin tomonidan tegishli reja tasdiqlangan. Telegram o‘z faoliyatini davom ettiradi va foydalanuvchilar aloqada qolishlari mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91318 | Инструменты