Tramp AQSH Oliy sudida qisman g‘alaba qozondi

AQSH Oliy sudi sobiq prezident Donald Tramp 6-yanvar kuni Kongressga uyushtirilgan hujumdagi roli va 2020-yilgi prezidentlik saylovlariga da’vo qilingan aralashuvi uchun “ba’zi masalalarda daxlsizlik”ka ega, degan qarorga keldi.

AQSH Oliy sudi sudyalari Trampning o‘ziga qo‘yilgan ayblovlar bo‘yicha “prezidentlik daxlsizligi” borligi haqidagi da’vosini ko‘rib chiqdi. Sud 6-3 ovoz bilan sobiq prezident o‘z rasmiy xatti-harakatlari uchun jinoiy javobgarlikka tortilmaslik huquqiga ega, ammo daxlsizlik uning shaxsiy xatti-harakatlariga taalluqli emas, degan qarorga keldi.

“Konstitutsiyaviy hokimiyat bo‘linishiga ko‘ra, Prezident hokimiyatining tabiati sobiq prezident o‘z vakolati davridagi rasmiy xatti-harakatlari uchun jinoiy javobgarlikka tortilishdan qisman daxlsizlik huquqiga ega bo‘lishini taqozo qiladi, degan xulosaga keldik”, deydi Bosh sudya Jon Roberts.

Uning ta’kidlashicha, AQSH Prezidenti qonundan ustun emas. 

“Prezident o‘zining norasmiy xatti-harakatlari uchun immunitetga ega emas va u qilayotgan hamma narsa norasmiydir. Prezident qonundan ustun emas”.

Robertsning ta’kidlashicha, qaror quyi darajadagi federal sudga yuboriladi. 

"Shunga ko‘ra, biz uni birinchi navbatda Trampning bu sohadagi xatti-harakati rasmiy yoki norasmiy deb ta’riflanishi kerakligini aniqlashi uchun tuman sudiga qaytaramiz", deydi sudya.

Oliy sudning qarori Trumpning tegishli ayblovlardan tozalanishi yoki yo‘qligini aniqlash uchun o‘tkazilishi kerak bo‘lgan qo‘shimcha brifinglar va tinglovlar uning sud muddatini kechiktirishiga sabab bo‘ldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70414 | Инструменты