Huawei 1
Tramp po‘lat va alyuminiyga bojlarni 50 foizga oshirishni ma’qulladi

AQSh prezidenti Donald Tramp import qilinadigan po‘lat va alyuminiyga bojlarni 25 foizdan 50 foizga oshirishni ma’qulladi. Amerika davlati rahbari tegishli farmonni imzolagani haqida 3 iyun, seshanba kuni Oq uyda xabar berildi.

«Men po‘lat mahsulotlari va po‘latdan yasalgan buyumlar, alyuminiy mahsulotlari importiga boj stavkalarini oshirish zarur va maqsadga muvofiq ekanligini aniqladim. Ular 2025 yil 4 iyun Sharqiy vaqt bilan soat 12:01 da kuchga kiradi», deyiladi hujjatda.

Unda yana bir bor aytilishicha, Buyuk Britaniya Vashington va London o‘rtasida 8 maydagi Iqtisodiy farovonlik to‘g‘risidagi bitimga rioya etilishini ta’minlash maqsadida rejim amal qilishi doirasidan chiqarilmoqda.

28 may kuni AQSh Xalqaro savdo sudi Donald Tramp aprel oyi boshida dunyoning deyarli barcha mamlakatlariga kiritgan tariflarning bir qismini noqonuniy deb topdi. Sud qaroriga ko‘ra, Trampning o‘zi bunday qaror qabul qilish vakolatiga ega emas.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82720 | Инструменты