Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp va Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino Oq uyda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Rossiyaning xalqaro futbol musobaqalari, jumladan, bo‘lajak 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etishini taqiqlash masalasini muhokama qildi.
Jurnalist Trampga Rossiya bo‘lajak Jahon chempionatidan chetlashtirilgani to‘g‘risida savol berdi, Tramp esa bundan xabardor emasligini, bu masala bo‘yicha Infantino masul ekanligini bildirdi.
“Rossiyani JCH-2026'da qatnashmasligi hozirch haqiqat. Umid qilamizki, vaziyat o‘zgaradi, tinchlik qaytadi va Rossiya JCHda ishtirok etadi”, deydi Infantino.
Qayd etish joiz, FIFA va Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqining (UEFA) 2022 yil fevraldagi qarori bilan Rossiya futbol jamoalari va klublari xalqaro musobaqalardan chetlashtirilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50807 | Инструменты