Huawei 1
Trampni o‘ldirish bilan tahdid qilgan erkak qo‘lga olindi

AQSH politsiyasi respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Trampni o‘ldirish bilan tahdid qilishda gumonlangan 74 yoshli Pol Gavenosisni qo‘lga oldi. Bu haqda WTAJ telekanali xabar berdi.

Gavenosis bezorilik va terroristik tahdidlarda ayblangan. U suiqasd qilish haqidagi bayonotini Pensilvaniyada avtoturargoh uchun ruxsatnoma olayotganida bergan. Mazkur avtoturargoh 26-oktyabr kuni Trampning saylovoldi mitingi o‘tkazilgan joy yaqinida joylashgan. Tegishli ma’lumotni politsiyaga voqeadan xabardor guvoh yetkazgan.

So‘roq paytida Pol Gavenosis o‘z tahdidlarini hazil deb aytgan bo‘lsa-da, keyinchalik siyosatchini o‘ldirishga urinish imkoniyatini tan olgan.

Donald Tramp saylov kampaniyasi davomida ikkita suiqasdga urinishga duch keldi

13-iyul kuni Pensilvaniyadagi mitingda siyosatchi qulog‘idan yaralandi, tadbir ishtirokchilaridan biri halok bo‘ldi, yana ikki kishi jarohatlandi. Jinoyatda gumon qilinayotgan 20 yoshli Tomas Metyu Kruksni Maxfiy xizmat yo‘q qildi.

Respublikachiga ikkinchi marta suiqasd qilish harakati 15-sentyabr kuni Florida shtatidagi golf klubi yaqinida sodir bo‘ldi. Maxfiy xizmat xodimlari butalar orasida yashiringan 58 yoshli Rayan Rautga qarata o‘t ochgan. Voqea joyidan avtomobilda qochib ketmoqchi bo‘lgan erkak ushlangan. Hodisa joyida nishonli AK-47 avtomati, ikkita ryukzak va GoPro kamerasi topilgan. Raut qotillikka tayyorgarlik ko‘rishda ayblagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 103015 | Инструменты