Huawei 1
Trampning import tariflari tufayli global avtomobil sanoati har yili 33 milliard dollar yo‘qotadi

Qo'shma Shtatlar tomonidan Xitoy, Kanada va Meksikadan tovarlarga import bojlari joriy etilishi avtomobil konsernlari uchun yiliga 33 milliard dollar yo'qotishga olib keladi. Nomura tadqiqot markazi hisob-kitobiga ko‘ra, agar joriy import darajasi saqlanib qolsa, ishlab chiqaruvchilar AQShga avtomobil yetkazib berish uchun qo‘shimcha pul to‘lashga majbur bo‘ladi.

AQShning yangi bojxona solig’lari qarori avtomobil sanoatiga katta zarba berdi. General Motors, Stellantis va Toyota kompaniyalari 2023 yilgi import hajmini saqlab qolsa, AQShga avtomobillarni import qilish uchun 9,5 milliard dollar, 6 milliard va 5,9 milliard dollar to’lashlari kerak bo’ladi. Ford va Honda esa har yil 3 milliard dollardan ko’proq yo’qotishadi.

Nomura tadqiqot markazi hisob-kitoblari investorlar uchun kutilmagan bo’lmadi, chunki bozorlar buni oldindan sezgan edi. Savdolar boshlanishi bilan Volkswagen, BMW va Mercedes-Benz aksiyalari mos ravishda 5,5%, 4,85% va 4,7% ga pasaydi. Renault va Stellantis aksiyalari Parijda 2,7% va 6% ga pasaygan. Honda aksiyalari NYSE bozorida 5,6% ga kamaygan.

4 fevraldan boshlab prezident Donald Tramp Xitoy, Kanada va Meksikadan kelgan tovarlarga import bojlarini joriy qilishga qaror qildi. Bu yangiliklar ortidan kriptovalyutalar kursi tushdi, global zaxira valyutalari esa AQSh dollariga nisbatan yangi tarixiy minimalga tushdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20320 | Инструменты