Turkiya sayyohlar uchun “yashab turish solig‘i”ni joriy qilmoqda
2023-yil 1-yanvardan Turkiyada “yashab turish solig‘i”ni joriy qilish haqidagi qonun kuchga kiradi. Mazkur ma’lumotni Turkiya Moliya vazirligi rasman tasdiqlagan Bu haqda Tengrinews xabar qildi.
Ta'kidlanishicha, “Yashab turish solig‘i” — sayyohlardan o‘zlari yashayotgan mehmonxona hududida ko‘rsatilayotgan barcha xizmatlardan 2 foiz miqdorida olinadigan yig‘im. Qonun loyihasiga muvofiq, stavka muayyan hudud ma’muriyatining ixtiyoriga ko‘ra o‘zgarishi mumkin. To‘lov mehmonxona, kurort majmuasi, apart-otel, mehmon uyi va boshqa joylar hududlarida amalga oshiriladigan barcha xizmatlar, shu jumladan, u yerlarda yashash narxidan ham undiriladi.
To‘lov sayyohlardan qanday undirilishi haqidagi tafsilotlar hozircha noma’lum. Ammo, Profi.travel xabariga ko‘ra, qonun loyihasi ko‘rib chiqish uchun taqdim etilganidan buyon sayyohlik biznesi sohasida ko‘plab savollarni keltirib chiqarmoqda. Hujjat matnida aytilishicha, yig‘imni sayyohlar mehmonxonaga joylashish vaqtida to‘lashi kerak, biroq Turkiyaga turistik paketlar doirasida kelayotgan chet elliklar bilan qanday ish tutish haligacha tushunarsiz.
Bozor ishtirokchilari fikricha, eng oson yo‘l yig‘im stavkasini turistik paketlar narxiga qo‘shish bo‘ladi.
"Mehmonxonalar narxi bir yilda o‘rtacha 10 foizga oshishini hisobga olganda, bunga qo‘shimcha 2 foiz turlarning yakuniy narxiga ko‘p ta’sir qilmaydi", deydi ular.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120420 | Инструменты