Huawei 1
Turkiya Ukrainadagi mojaroga zudlik bilan barham berishni talab qildi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Ukraina bo‘yicha muzokaralarni yana Turkiyada o‘tkazish imkoniyatini taklif qildi. U mojaroni hal qilish har ikki tomon bilan birga muhokama qilinishi kerakligiga ishonch bildirdi. Bu haqda Fidan Anqarada Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuvdan so‘ng bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Turkiya vaziri 2022-yilda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralar Istanbulda o‘tkazilganini eslatib, Anqara hanuzgacha mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha harakat qilishda davom etayotganini ta’kidladi. 

“Bizningcha yechim faqat ikki tomon ishtirokida bo‘ladigan muzokaralar orqali topilishi mumkin. Shu ma’noda biz har tomonlama yordam ko‘rsatishga va tinchlik muzokaralarini o‘tkazishga tayyormiz. Mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish shoshilinch zarurat”, — dedi Hakan Fidan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin harbiy harakatlarni to‘xtatish shartlari sifatida Ukraina Qurolli Kuchlarining DNR, LNR, Xerson va Zaporoje viloyatlaridan chiqarilishini hamda Ukrainaning NATOga qo‘shilishdan voz kechishini talab qilgan.

18-fevral kuni Ar-Riyodda Rossiya va AQSh delegatsiyalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, unda Ukraina mojarosi ham muhokama qilindi. 19-fevral kuni Vladimir Putin Rossiya tomonining muzokaralar stoliga qaytishga tayyorligini va Kiyev hech qanday muzokaralar jarayonidan chiqarilmayotganini ma’lum qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22419 | Инструменты