Huawei 1
Turkiyadagi mehmonxonada yuz bergan yong‘in qurbonlari soni 76 kishiga yetdi

Turkiya Ichki ishlar vazirligi rahbari Ali Yerlikayaning ma’lum qilishicha, Kartalkaya tog‘-chang‘i kurortidagi mehmonxonada yuz bergan yong‘in qurbonlari soni 76 kishiga yetgan.

“Oxirgi maʼlumotlarga koʻra, qurbonlar soni 76 nafarga yetgan. 52 nafar qurbonlarning shaxsi aniqlangan. Ulardan 45 nafarining jasadi qarindoshlariga topshirildi”, — dedi u.

Yerkaliyaning aniqlik kiritishicha, yong‘inga aloqadorlikda gumon qilingan to‘qqiz kishi qo‘lga olingan, ammo yong‘in kelib chiqish sabablari hali aniqlanmagan.

Bundan tashqari, ayrim jasadlarning shaxsini aniqlashning imkoni bo'lmagani ma'lum bo'ldi, ammo bu boradagi ishlar davom etmoqda.

Avvalroq yong‘in oqibatida 66 kishi jabrlangani xabar qilingandi. 50 dan ortiq kishi jarohatlangan. O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga Turkiyaning tog‘-chang‘i kurortidagi kuchli yong‘in yuzasidan hamdardlik bildirgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12216 | Инструменты