Huawei 1
WSJ: Pavel Durovning hibsga olinishi Rossiya va Fransiya munosabatlaridagi keskinlikni kuchaytirdi

Telegram asoschisi Pavel Durovning hibsga olinishi Rossiya va Fransiya munosabatlaridagi keskinlikni yanada kuchaytirdi, deb yozadi The Wall Street Journal (WSJ).

Fransuz rasmiysi anonimlik sharti bilan nashrga bergan izohida ta'kidlaganidek, tadbirkor G'arb razvedka xizmatlari uchun qimmatli boylikdir. Uning so‘zlariga ko‘ra, razvedka Durovning hibsga olinishidan manfaatdor, chunki u messenjerning shifrlangan xabarlarini buzishi mumkin.

Material muallifining qayd etishicha, tadbirkorning hibsga olinishi Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning o‘z mamlakati Rossiya operatsiyalarining nishoniga aylangan deb hisoblagan shikoyatlari fonida sodir bo‘lgan. U bu voqea Moskva va Parij munosabatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishiga ishonadi.

Durovning Parij Le Burje aeroportida ushlangani 24-avgust kuni ma'lum bo'ldi. Fransiya sud organlariga ko‘ra, rossiyalik tadbirkor va dasturchi o‘z messenjeri orqali giyohvand moddalar savdosi, bolalarga qarshi jinoyatlar va firibgarlik kabi noqonuniy harakatlarga sherikdir.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91317 | Инструменты