Xitoy iqtisodiyoti 2025-yilning birinchi choragida 5,4 foizga o‘sdi

2025-yil yanvar–mart oylarida Xitoyning YaIMi yillik hisobda 5,4% ga oshdi, deb xabar berdi 16-aprel kuni Xitoy Davlat statistika boshqarmasi. Mamlakat iqtisodiyoti hajmi 31,88 trillion yuan (4,42 trillion AQSh dollari)ga yetdi, choraklik o‘sish esa 2024-yil oktyabr–dekabr oylariga nisbatan 1,2% ni tashkil etdi.

O‘sishning asosiy omillari sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasi bo‘ldi. Iqtisodiyotning ikkilamchi sektori (ishlab chiqarish)da qo‘shilgan qiymat 5,9% ga, uchlamchi sektorda (xizmatlar) esa 5,3% ga oshdi. Qishloq xo‘jaligi ko‘rsatkichlari esa 3,5% ga o‘sdi.

Bu o‘sish 2024-yil natijasi (5%) va 2025-yil uchun rasmiy belgilangan maqsad — “taxminan 5%” ko‘rsatkichidan ham yuqori bo‘ldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22020 | Инструменты