Huawei 1
Xitoy Rossiya Federatsiyasi bilan sentyabr oxirigacha qo‘shma mashqlar o‘tkazadi

Xitoy shu oyda Rossiya bilan North-Joint 2024 qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari o‘tkazilishini e’lon qildi. Ularning maqsadi ikki mamlakat harbiylari o‘rtasidagi «strategik hamkorlikni chuqurlashtirish» va «xavfsizlikka tahdidlarga birgalikda qarshi kurashish» qobiliyatini mustahkamlashdan iborat bo‘ladi, deb xabar berdi Pekindagi Mudofaa vazirligi dushanba, 9 sentabr kuni. 

Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, har ikki mamlakat harbiy-dengiz kuchlari va harbiy aviatsiyasi Yapon va Oxotsk dengizidagi Rossiya qirg‘oqlari oldida manyovrlarda ishtirok etadi. Ular doirasida «Tinch okeanining muhim dengiz hududlariga» qo‘shma dengiz patruli yuboriladi.

Xitoy «Okean-2024» Rossiya mashg‘ulotlarida ishtirok etadi

Bundan tashqari, XXR Rossiyaning «Okean-2024» strategik mashqlarida ishtirok etadi, deyiladi bayonotda. Ularning aniq sanasi ma’lum emas. 

Rossiyaning Ukrainaga qarshi davom etayotgan urushi fonida Rossiya va Xitoy iqtisodiy, diplomatik va mudofaa sohalarida hamkorlikni kuchaytirib, G‘arbga qarshi «chegarasiz» sheriklik va hamjihatlikni e’lon qilmoqda. Xususan, joriy yilning iyul oyi o‘rtalarida Xitoyning Chjanszyan port shahri qirg‘oqlari yaqinida ikki davlat suvda va havoda qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi.

NATO, shuningdek, Qo‘shma Shtatlar va boshqa davlatlar Xitoy rahbariyatini Rossiyaning Ukrainaga qarshi harbiy agressiyasini qo‘llab-quvvatlayotgani uchun tanqid qiladi. Pekin bunga javoban Shimoliy Atlantika alyansini «qarama-qarshilikni qo‘zg‘atmaslikka» chaqirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91713 | Инструменты