Xitoy axborot agentligi “Sinhua” xabariga ko‘ra, XXR Raisi Si Szinpin Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Qo‘ng‘iroq Rossiya tomonining tashabbusi bilan amalga oshirilgan. Kreml ma’lumotlariga ko‘ra, suhbat davomida yetakchilar, jumladan, AQSh va Rossiya delegatsiyalarining Ar-Riyoddagi uchrashuvi natijalarini ham muhokama qilishgan.
Telefon suhbatida Si Szinpin Xitoy va Rossiyani “bir-birini qo‘llab-quvvatlaydigan va umumiy taraqqiyotga erishadigan do‘st davlatlar” deb atadi.
19-fevral kuni Vladimir Putin BRICS doirasidagi hamkorlariga, jumladan Xitoyga, 18-fevral kuni Ar-Riyodda bo‘lib o‘tgan muzokaralar natijalari haqida ma’lumot berish rejalari borligini bildirgan edi. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi ushbu uchrashuvni sharhlar ekan, Pekin Ukrainada tinchlik o‘rnatishga qaratilgan har qanday tashabbusni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlagan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22419 | Инструменты