Huawei 1
"O‘zbekistonda 2026-yilning ikkinchi qismigacha inflyatsiyani 5 foizga tushirish prognoz qilinmoqda" — Behzod Hamrayev

Toshkent shahrida “Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi” doirasida O‘zbekistondagi makroiqtisodiy vaziyatga doir sessiya o‘tkazildi. Muloqot yakunida Markaziy bank raisi Behzod Hamrayev o‘rinbosari makroiqtisodiy va inflyatsion kutilmalarga to‘xtaldi.

“O‘zbekistonda 2026-yilning ikkinchi qismigacha inflyatsiyani 5 foizga tushirish prognoz qilinmoqda. 2024-yilgi mamlakat yalpi ichki mahsuloti 111 milliard dollar bo‘lishi kutilmoqda. Bu aholi jon boshiga 3 ming dollar degani. O‘tgan 9 oyda YIM 6,6 foizga ko‘tarildi. Prognozlarga ko‘ra, 2030-yilga borib YIM 200 milliard dollarga yetadi. Mazkur raqam jon boshiga 5 ming dollarga yetadi” deya taʼkidladi Behzod Hamrayev.

Mutaxassis inflyatsiyani target darajasida pasayishiga to‘siq bo‘luvchi xatarlar mavjudligini ham eslatib o‘tdi. Jumladan, taklif tomonidan uzilishlar bo‘lishi, byudjet defitsiti ortishi, imtiyozli kreditlar ajratishning kamayishi va boshqa xatarlar ko‘zlangan maqsadga yetishni kechiktirishi mumkin.

MB boshqaruvi a’zosining fikricha, go‘sht yoki yoqilg‘i narxlarining oshishi u yoki bu segmentda kuzatiladigan vaqtinchalik xatarlar bo‘lib, bozorda taklif ko‘payishi bilan, muammo hal bo‘ladi. Budjet defitsiti, imtiyozli kreditlash ko‘lami kabi fundamental xatarlar bulardan muhimroq.

“Aytaylik, taklif tomonidan biror uzilishlar, masalan, go‘sht bilan bo‘lgan holat shu yil iyul oyidan boshlangan bo‘lsa, go‘shtning ulgurji narxlari oshishi bizda avgust oyida ko‘rindi. Sizlar bir necha bor muhokama qilgansizlar, yoqilg‘i narxlari, propan-metan narxlarini – bular vaqtinchalik. Qachondir taklif tomonidan masalasi yechiladi. Bitta bozorda kamayib qolsa, boshqa bozordan kirib keladi yoki to‘xtaydi. Muhimi – fundamental xatarlar. Budjet defitsiti bu yil 4 foiz, keyingi yil 3 foiz yoki undan pastroq ushlab turilishi kabi faktorlar asosiysi hisoblanadi. Yoki imtiyozli kreditlarning kamayishi, bozor shartlaridagi kreditlashga o‘tilishi… Fundamental faktorlar yechilishi muhim. Vaqtinchaliklar doim bo‘ladi, bittasi chiqadi, yechiladi, ertaga boshqasi chiqadi”, – deydi regulyator rasmiysi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101916 | Инструменты