Huawei 1
Yaponiyada 49 yoshli erkak bosh vazir qarorgohiga bostirib kirmoqchi bo‘ldi

Tokioda hukmron Liberal-demokratik partiya shtab-kvartirasi va bosh vazir qarorgohiga hujum qilgan erkak qo‘lga olindi. Bu haqda NHK telekanaliga tayanib xabar bermoqda.

Telekanal xabariga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxs partiya qarorgohi kiraverishiga besh-oltita Molotov kokteyli uloqtirgan. Shishalardan biri politsiya mashinasiga urilgan. Yong‘in shu zahoti o‘chirilgan, hech kim jabr ko‘rmagan.

Shundan so‘ng erkak jinoyat joyidan avtomashinada qochib, Yaponiya bosh vaziri qarorgohi hududiga kirmoqchi bo‘lgan. Ammo u panjarani buza olmagan. Shundan so‘ng gumonlanuvchi qochishga uringan, ammo politsiya tomonidan qo‘lga olingan.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, jinoyatchining mashinasi hukumat rahbari qarorgohi yonidagi panjaraga urilganidan keyin yonib ketgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari avtomobil yonidan akkumulyator, gaz gorelkasi va kerosin solingan idishlarni topgan.

OAV xabariga ko‘ra, hujum qilgan shaxs 49 yoshli Atsunobu Usuda bo‘lib, hozircha uning hujum qilish sabablari noma’lum. Usuda so‘roq paytida sukut saqlagan. Hozirda kriminologlar favqulodda holat yuz bergan joyda ishlamoqda va uning barcha holatlariga oydinlik kiritmoqda.

Yaponiyada ayni damda parlament quyi palatasiga navbatdan tashqari saylovlar oldidan saylov kampaniyasi davom etmoqda. 1-oktyabrdan beri hukumatni Sigeru Ishiba boshqarib kelmoqda, u 27-sentyabrda bo‘lib o‘tgan LDP raisligiga saylovda g‘alaba qozongan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101918 | Инструменты