Huawei 1
Yaponiyada parranda grippi tufayli 680 mingga yaqin tovuq qirib tashlanishi mumkin

Yaponiyaning Niigata prefekturasidagi parrandachilik fermasida parranda grippining avj olishi qayd etildi, bu esa tuxum qo’yuvchi tovuqlarning ommaviy nobud bo’lishiga sabab bo’lgan.

Yaponiya Qishloq xoʻjaligi vazirligi maʼlumotlariga ko’ra, prefekturadagi zavodlarda jami 680 ming parranda boqiladi – ularning barchasi infeksiya tufayli yo’q qilinishi mumkin.

“Agar genetik tekshiruvlar virusning yuqori darajada patogen ekanligini tasdiqlasa, prefektura 680 mingga yaqin tovuqning hammasini yo’q qiladi... Bu prefektura parrandachilik fermalarida parranda grippining so’nggi to’rtinchi epidemiyasi hisoblanadi”, — deya xabar bermoqda Asahi agentligi.

Ma’lumotlarga ko’ra, oxirgi bir necha oy ichida Yaponiyada parranda grippi tufayli 1,54 millionga yaqin tovuq so’yilgan. Kasallik Niigata prefekturasining Murakami, Aga va Joetsu shaharlarida sodir bo’lgan.

Avvalroq Kambodjada 11 yoshli qiz parranda grippidan vafot etgani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40202 | Инструменты