Huawei 1
Yer aholisi 28-avgustda noyob hodisani kuzatishi mumkin

Merkuriy, Mars, Yupiter, Uran, Neptun, Saturn va Oy 28-avgust Quyoshning bir tomonida saf tortadi. Bu haqda Moskva planetariysi xabar berdi.

Sayyoralarning shartli paradi osmonda 160 gradus atrofida sektorni egallaydi. Avgustda Mars, Yupiter, Uran, Neptun va Saturn yarim tundan tong yorishguncha kuzatiladi. Oy oxirida ertalabki osmonda Merkuriy ko‘rina boshlaydi. 28-avgust kuni esa ularga Oy qo‘shiladi. Ularning barchasi Quyoshdan sharqroqda (o‘ng tomonda) joylashgan bo‘ladi.

“28-avgust, chorshanba kuni ertalabki osmonda Merkuriy, Mars, Yupiter, Uran, Neptun, Saturn va Oy Quyoshning bir tomonida taxminan 160 gradusli sektorda bo‘ladi”, deyiladi xabarda.

Ochiq havoda paradni durbin yoki teleskopsiz ham kuzatish mumkin bo‘ladi. Moskva planetariysi avgust oyidagi bu paradni shartli deb atagan.

Astronomiyada sayyoralarning "yaqinligi" uchun aniq mezon mavjud emas, shu sababli "sayyoralar paradi" atamasi sifat xususiyatiga ega, deya aniqlik kiritdi tashkilot.

Ular bu tushunchaning ilmiy emasligini va faqat astronomiyani ommalashtirish maqsadida qo‘llanilishini ta’kidladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91317 | Инструменты