Huawei 1
Yevropa Ittifoqi Iordaniya bilan keng qamrovli hamkorlik shartnomasini imzoladi

Yevroittifoq (YeI) va Iordaniya strategik va keng qamrovli hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzoladi. Kelishuv Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen va Iordaniya qiroli Abdallo ibn Husayn o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng tasdiqlandi. Shartnoma doirasida Iordaniyaga 3 milliard yevro miqdorida moliyaviy yordam ko‘rsatilishi rejalashtirilgan, deya ma’lum qildi Yevrokomissiya.

“Hamkorlik Iordaniya va Yevroittifoq uchun xavfsizlik, barqarorlik va iqtisodiy imkoniyatlarni oshiradi hamda fuqarolarimizga bevosita foyda keltiradi. Men bugungi majburiyatlarni haqiqatga aylantirish uchun barcha mavjud vositalarni safarbar qilishga tayyorman”, — dedi Yevrokomissiyaning O‘rta yer dengizi bo‘yicha a’zosi Dubravka Shuytsa.

Yevrokomissiya Iordaniyani Yaqin Sharq tinchligi va barqarorligi uchun asosiy o‘yinchi deb atadi. Bugun imzolangan hamkorlik shartnomasi YeI va Iordaniya o‘rtasidagi uzoq yillik hamkorlikni kengaytirish hamda umumiy muammolarni hal qilishga qaratilgan.

Yevrokomissiya, shuningdek, ushbu hamkorlik Suriyadagi inqirozni hal etishda va Iordaniyada qochqinlar hamda mahalliy jamoalarni qo‘llab-quvvatlashda yordam berishini ta’kidladi. Bundan tashqari, shartnoma investitsiyalar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar ochishi kutilmoqda.

2024-yil iyul oyida Vashington Iordaniyada NATOning Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi birinchi aloqalar ofisi ochilganini e’lon qilgan edi. Sentyabr oyida esa Rossiya diplomatik missiyasi Moskva va Amman o‘rtasida vizasiz rejim bo‘yicha kelishuvga yaqin qolganini bildirgan. Oktyabrda Rossiya va Iordaniya o‘rtasida havo qatnovi qayta tiklangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 13019 | Инструменты