Huawei 1
Yevropa Ittifoqi Rossiyaning maxfiy tankerlariga qarshi kurashadi

11 dekabr kuni Yevropa Ittifoqi davlatlarining doimiy vakillari Bryusselda Rossiyaga qarshi navbatdagi, 15-sanksiya paketini ma’qulladi. Bu haqda DW xabar berdi.

Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayyen so‘zlariga ko‘ra, cheklovlar «maxfiy flot» - Rossiya neftini eksport qilish uchun foydalaniladigan tankerlar guruhiga qarshi kurashga qaratilgan. Shuningdek, sanksiyalar ro‘yxatiga Rossiyaga G‘arb cheklovlarini chetlab o‘tishga yordam berayotgan yangi odamlar va kompaniyalar ham qo‘shiladi.

Ushbu sanksiyalar 16 dekabr kuni Yevropa Ittifoqi kengashida tashqi ishlar vazirlari tomonidan tasdiqlanishi kerak.

Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqi allaqachon 16-paketni tayyorlamoqda, bu esa Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi boshlanganining uch yilligiga to‘g‘ri kelishi mumkin. Uning «yanada keng ko‘lamli» bo‘lishi kutilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122706 | Инструменты