Huawei 1
Yevropa Ittifoqi Ukrainaga yordamdan ko‘ra Rossiya neft va gaziga ko‘proq mablag‘ sarfladi

Yevropa Ittifoqi (YeI) Rossiyaga qarshi 16 ta sanksiya paketiga qaramay, uning energiya resurslarini faol ravishda xarid qilishda davom etmoqda, deyiladi Energetika va toza havo tadqiqot markazi (CREA) hisobotida.

Markaz ma’lumotlariga ko‘ra, oxirgi 12 oy ichida YeI Rossiyadan 21,9 milliard yevroga neft va gaz sotib olgan, bu 2023-yilga nisbatan bor-yo‘g‘i 1% kam. Shu bilan birga, Kiel Jahon Iqtisodiyoti Instituti hisob-kitoblariga ko‘ra, YeI Ukrainaga moliyaviy yordam sifatida 18,7 milliard yevro ajratgan.

Umuman olganda, Rossiya ushbu davr mobaynida energiya resurslarini eksport qilish orqali 242 milliard yevro daromad olgan, bu 2023-yilga nisbatan 3% kam. CREA ekspertlari hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyasi boshlanganidan beri eksport hajmi atigi 8% ga kamaygan. Shu vaqt ichida Rossiya neft va gaz eksportidan 847 milliard yevro daromad ko‘rgan.

Rossiya energiya resurslarining eng yirik importchilari Xitoy (2024-yilda 78 milliard yevro), Hindiston (49 milliard yevro) va Turkiya (34 milliard yevro) bo‘lib qolmoqda. Shu bilan birga, Hindiston va Turkiya Rossiya neft va gazini import qilish hajmini mos ravishda 8% va 6% ga oshirgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22418 | Инструменты