Huawei 1
Yevropada qurol ishlab chiqaruvchilar mablag‘ yetishmovchiligiga duch keldi

Yevropadagi kichik va o‘rta mudofaa korxonalari urush tufayli talab oshganiga qaramay, innovatsiyalarni joriy etish va ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishda moliyaviy muammolarga duch kelmoqda. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

O‘nlab kompaniya vakillari, hukumat amaldorlari va mudofaa sohasi mutaxassislari mazkur muammoni tasdiqladi. Ular Yevropa hukumatlari korxonalar uchun moliyalashtirish imkoniyatlarini yaxshilash yo‘llarini topishi kerakligini aytdi.

Davlat moliyalashtirishiga ega bo‘lmaslik, byurokratik to‘siqlar va banklar tomonidan ekologik, ijtimoiy va boshqaruv mezonlarini buzishdan xavotirlanib kredit berishni xohlamasligi Yevropada mudofaa korxonalarining rivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqda.

“So‘nggi paytlarda mudofaa va xavfsizlik sanoati duch kelgan muammolarning aksariyati hamon mavjud yoki hatto kuchayib bormoqda”, deya ta’kidladi Chexiya mudofaa sanoati uyushmasi raisi Irji Ginek.

Yevropa Komissiyasining 2024-yilgi hisobotiga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi mudofaa sektoridagi kichik va o‘rta korxonalar 1 milliard yevrodan 2 milliard yevrogacha bo‘lgan qarz mablag‘lari taqchilligiga duch kelgan. Bu ularning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, faoliyatini qisqartirishga va Yevropa Ittifoqidan tashqarida moliyalashtirish izlashga majbur etadi.

2023-yilda dunyoda harbiy xarajatlarning umumiy hajmi 6,8 foizga o‘sib, rekord darajadagi 2,443 trillion dollarga yoki global yalpi ichki mahsulotning 2,3 foiziga yetdi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110115 | Инструменты