Huawei 1
Zelenskiy Ukraina tinchlik uchun qanday murosaga tayyorligini aytdi

Ukrainaga Yevropa harbiy kontingentining kiritilishi Ukraina bilan Rossiyani yarashtirishda murosa izlash uchun asos bo‘lishi mumkin. UNIAN muxbirining xabar berishicha, bu haqda prezident Vladimir Zelenskiy jurnalistlar bilan uchrashuvda maʼlum qildi.

«Yevropa biz bilan va u bizga yordam beradi. Ko‘ngillilar koalitsiyasi – Ukraina uchun xavfsizlik kafolati. Va ularning kuchlarini NATO nizomining beshinchi moddasiga ko‘ra hududimizga joylashtirish, bunda NATO aʼzosi bo‘lish shartmas. Ular Ukrainaga joylashtirilishi mumkin...», dedi Zelenskiy.

Prezident so‘zlariga ko‘ra, Yevropa bu jarayonda AQSH ham ishtirok etishiga katta umid qilmoqda.

«Bu agar biror narsa yuz bersa, Amerika ular bilan va Ukraina bilan birga bo‘lishini anglatadi», deb qo‘shimcha qildi Zelenskiy.

Shu bilan birga, davlat rahbari bu yevropaliklar Ukrainaga yordam bermaydi yoki yordam miqdorini kamaytiradi degani emas, deb hisoblaydi.

«Ular yordamni ko‘paytiradi, chunki ularga Ukrainada qo‘shinlari bilan hozir bo‘lishdan ko‘ra, bizga ko‘proq yordam berishi xatarli emas. Ularning mavjudligi bizga murosa qilish imkoniyatini beradi, biroq aytish mumkinki, bugungi kunda davlatimiz 1991 yil chegaralaridagi hududlarni qaytarib olish kuchiga ega emas», deb taʼkidladi Zelenskiy.

Shuningdek, Zelenskiy hududda Yevropa kuchlarining mavjudligi Ukrainaga nima berishini tushuntirdi.

«Bu bizga Ukrainani saqlab qolish imkoniyati va xavfsizlik kafolatlarini beradi. Chunki bu ruslarning qaytish xavfini kamaytiradi. Balki bu NATO emasdir. Lekin siz va men uchun bu xavfsizlik kafolati. Bunday yordamga ega bo‘lganingizda, siz ruslar bilan yakkama-yakka gaplashasiz, agar bo‘lmasa, bu ko‘proq ultimatumga o‘xshaydi. Chunki Putin kim bilan gaplashayotganini tushunadi», dedi u.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61513 | Инструменты