Huawei 1
«Ichan-Qal’a»muzey qo‘riqxonasida o‘rta asrlar ijtimoiy hayotini aks ettiruvchi haykallar o‘rnatildi

«Ichan-Qal’a» davlat muzey-qo‘riqxonasi hududidagi sayyohlik yo‘nalishlariga  tarixiy voqealar, azaliy qadriyatlar va  aholi turmush tarzini  aks ettiruvchi ijod namunalari-haykallar o'rnatildi. Bu haqda Madaniy meros agentligi axborot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, Xiva shahridagi ochiq osmon ostidagi muzey-qo‘riqxonaning tarixiy elementlar bilan boyitilish jarayoniMadaniy meros agentligi direktori Shaxriyor Nurulloyev nazoratida amalga oshirildi.

Mavzu jihatdan tarixiy-me’moriy obidalar bilan uyg‘unlikdagi  ushbu san’at  asarlari sayyohlarning o‘tmish haqidagi tasavvurlarini yanada boyitishga xizmat qilish barobarida muzey shahar jozibadorligini oshirishga ham xizmat qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92322 | Инструменты