Huawei 1
23-sentyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

O‘zbekistonda “Sanoat ipotekasi” asosida 170 mln dollarlik 7 ta loyiha ishga tushiriladi

Prezident raisligida o'tkazilayotgan yig'ilishda mutasaddilarga energiya sarfi yuqori bo‘lgan 34 ta korxonada 1 noyabrgacha energoauditni yakunlab, yiliga 300 million kilovatt soat elektr energiyasi iqtisod qilishni taʼminlash topshirildi.

O‘zbekistonlik talabalarni Avstriyaning yetakchi universitetlarida grant asosida ta’lim olishi imkoniyatlari oshiriladi

Uchrashuvda ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida aloqalarni yanada kengaytirish, O‘zbekistondagi tegishli universitetlarda nemis tili o‘qitilishi sifatini oshirish, shuningdek, o‘zbekistonlik talabalarni Avstriyaning yetakchi universitetlarida  grant asosida ta’lim olishi imkoniyatlarini ko‘paytirish masalalari muhokama qilindi.

Toshkent – Dubay – Toshkent reysiga bepul bagaj miqdori oshirildi

Imtiyoz 20 sentyabrdan 31 oktyabrgacha amal qiladi.

O‘zbekiston qayta tiklanadigan energiyani Kaspiy orqali Yevropaga yetkazib berish loyihasida ishtirok etmoqchi

Germaniyalik mutaxassis Ketlin Gyobelga ko‘ra, bu mintaqadagi barqaror rivojlanishga xizmat qiladi.

Oltin quyma va tangalar narxi yangi rekord o‘rnatdi

Bir gramm oltin quyma uchun 1 mln 109 ming so‘m, besh grammlik uchun 5 mln 545 ming so‘m taklif qilinmoqda.

Botir Zohidov kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga tasdiqlandi

Prezident raisligidagi yig'ilishda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev lavozimidan ozod etildi.

Behzod Musayev Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi direktori etib tayinlandi

Agentlik endi Hukumat boʻysunuviga oʻtkaziladi. Agentlikka fuqarolarimizning xorijdagi yuqori daromadli mehnat bozorlariga kirishi boʻyicha boshlangan ishlarni jadallashtirish topshirildi.

O‘simliklarni himoya qilishda biologik kurash tadbirlari kengaytiriladi

Biologik himoya vositalarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan ko‘paytirilgan biologik himoya vositalarini sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Shaxmat Olimpiadasi bayrog‘i O‘zbekistonga topshirildi

Navbatdagi shaxmat Olimpiadasi 2026 yilda Toshkentda o‘tkaziladi. O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi rahbari Alisher Sa’dullayev FIDE prezidenti Arkadiy Dvorkovichdan musobaqa bayrog‘ini qabul qilib oldi.

Toshkentda birinchi O'zbekiston-Italiya ta’lim forumi o'tkaziladi

Forum doirasida ikki davlat universitetlari o'rtasida bir qator qo'shma ta’lim dasturlarini amalga oshirishga oid hamkorlik shartnomalari imzolanishi rejalashtirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92400 | Инструменты