Namangan shahrida 62-Xalqaro Gullar festivali rasman ochildi
Namangan shahrida 62-Xalqaro Gullar festivali rasman ochildi. Ushbu festivalning ilk kunida katta gala konsert bo‘lib o‘tdi.
Konsert avvalida Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazakov yig‘ilganlarni 62-xalqaro gullar festivali bilan tabrikladi va ushbu an’ana ahamiyatiga to‘xtaldi.
Unda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Alisher Fayz, Milena Matmusayeva, O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov, "Parvoz" guruhi, "Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti sovrindori Kamron Mamadaliyev, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori Shaxnoza Yakubjanovalar o‘zlarining diltortar qo‘shiqlari bilan barchaga bayram kayfiyati bag‘ishladilar.
Katta gala konsertiga Ozodbek Nazarbekovning "Jon O‘zbekiston" nomli qo‘shig‘i sadolari ostida betakror mushakbozlik yakun yasadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10215 | Инструменты