Huawei 1
Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston chegaralari tutashgan nuqta ko‘rsatildi

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev deputatlarga Tojikiston va O‘zbekiston chegaralari bilan tutashgan nuqtani ko‘rsatdi. U mazkur masala bo‘yicha 2007-yildan beri uch tomonlama muzokaralar olib borilayotganini aytdi. Bu haqda “AKIpress” xabar berdi.

Tashiyevning so‘zlariga ko‘ra, bugungacha hukumat delegatsiyalari 6 marta uchrashgan.

Tomonlar chegaralarning tutashgan nuqtasi bo‘yicha kelishuvga erisha olmagan edi. 2025-yil mart oyida Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasi to‘g‘risidagi shartnoma imzolangandan so‘ng, Dushanbe shahrida uch tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi, unda uch davlat kelishuvga erishdi va uch chegaraning tutash nuqtasini belgilab oldi, dedi u.

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbari xaritada tutashish nuqtasi qayerda ekanini ko‘rsatdi.

Ko‘k rangda uchta chegaraning tutashgan nuqtasi ko‘rsatilgan. Avvalroq yashil rang bilan belgilangan joyni Tojikiston, qizil rang bilan esa O‘zbekiston taklif qilgandi. Ular bu joylarni tutashish nuqtasi sifatida taklif qilishgan. Agar rozi bo‘lganimizda, barcha yo‘llar mamlakatimiz tashqarisida qolgan bo‘lardi. Taxminan 100 gektar yer Qirg‘iziston hududida qoldi, bu ham bizning g‘alabamiz hisoblanadi. Bu yerda odamlar yashashmaydi, ammo bu bizning hududimiz va undan yo‘limiz o‘tadi, deya ta’kidladi u.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 32003 | Инструменты