Huawei 1
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik hamkorlik yanada mustahkamlanmoqda

19-mart kuni Senat Raisi Tanzila Narbayeva Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Yuy Szyun boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ko‘p tomonlama hamkorlik aloqalari strategik darajaga ko‘tarilgani alohida taʼkidlandi.

Suhbat davomida hududlararo aloqalar izchil kengayib borayotgani qayd etildi. Shu bilan birga, ikki davlatning mahalliy vakillik organlari o‘rtasidagi muloqotni yana-da rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi.

Tomonlar iqtisodiyot, investitsiya, taʼlim, madaniyat va turizm yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlikni yana-da kengaytirishga hamda parlamentlararo muloqotni faollashtirishga kelishib oldilar.

Shuningdek, 2025-yil 5-9-aprel kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasida Xitoy parlamenti delegatsiyasining ishtirok etishi yuzasidan fikr almashildi. Xitoy tomonining ushbu nufuzli tadbirga katta qiziqish bildirayotgani ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona aloqalarning yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi.

Mazkur uchrashuv O‘zbekiston-Xitoy strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash va yana-da rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 32003 | Инструменты