Toshkentda ko‘p qavatli uyning 9-qavatidan tushib ketgan qiz vafot etgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov maʼlumot berdi.
Unga ko‘ra, 18 mart kuni Toshkent shahar Mirobod tumanida yashab kelgan 2011 yilda tug‘ilgan voyaga yetamagan qiz (maktab o‘quvchisi) Yashnobod tumani S.Azimov ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyning 9-qavatidan o‘zini tashlab yuborib, vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 32000 | Инструменты