18 mart kuni Qashqadaryo viloyatida ikki Damas to‘qnashishi oqibatida yo‘lovchi jarohatlandi. Bu haqda viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 12:15 larda Yakkabog‘ tumani “Istiqlol” MFY hududidan o‘tgan davlat ahamiyatidagi D-148 “Yakkabog‘-Chiroqchi-Sho‘rbozor” avtomobil yo‘lining 11-kilometrida harakatlanib kelayotgan Damas rusumli avtomashina haydovchisi quvib o‘tish qoidalariga amal qilmasdan qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan boshqa bir Damas rusumli transport vositasining yo‘liga chiqib ketish oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Hodisa oqibatida o‘z yo‘nalishida kelayotgan Damas’ning bir nafar yo‘lovchisi olgan tan jarohati sabab tibbiyot birlashmasiga yetkazilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 32000 | Инструменты