Huawei 1
Namanganda noyob tangalar topildi

Namanganda noyob tangalar topildi. E’tiborlisi, ushbu nodir topilmalar 1200-1500 yillik tarixdan so‘zlasada juda ham yaxshi saqlangan.

Ular ichida 475-600 yillarga mansub Baqtriya kumush tangalari mavjudligi keng jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otdi.

O‘rta Osiyoda birinchi kumushdan yasalgan tangalar miloddan avvalgi 3-asrda chiqarilgan. Uning yuza qismi - aversiga podshoning surati, orqa tomoni -reversiga esa har xil xudolar, muqaddas hayvonlar tasviri solingan yoki podsholarning nomi yozilib, tamg‘asi tushirilgan.

9-asrga oidligi aytilayotgan Qoraxoniylar hukmronligi davridagi kumush tanglar ham arab yozuvidagi bejirim xatga ega.

Yana bir tanga mutaxassislar e’tiborini tortdi. Uning aversida arab yozuvi, reversida xitoy iyerogliflari mavjud.

"Hozirda Axsi osori-atiqalar muzeyida turli davrlarga oid mingdan ortiq tangalar saqlanmoqda. Yangi Axsi va Axsikent arxeologiya yodgorlik majmualarida boshlangan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari barchani quvontirmoqda. Buni ko‘rgan xalqimiz asrlar osha saqlab kelayotgan nodir artefaktlarini muzeyga taqdim etishmoqda", - deydi majmua rahbari Bilolxon Rustamov.

Ayni paytda olimlar tangalarning tasvirlari, yozuvlari, og‘irligi, qanday metalldan yasalganligi, pul muomalasidagi darajasi va tanga zarb qilinish tarixini o‘rganishmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101407 | Инструменты